Goreska qishda o‘ziga yangi klub izlamoqchi emas
Leon Goreska qishda “Bavariya”ni tark etmaydi.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumni Myunxen klubida yakunlashga qaror qildi, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Futbolchi bosh murabbiy Vensan Kompanining ishonchini oqlashda davom etmoqda.
"Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Napoli" kabi yirik klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Goreska qishki transfer oynasida o‘z transferini ko‘rib chiqmaydi, deb yozadi Plettenberg.
Bundesliganing joriy mavsumida Goreska 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.