Keyn tiklanishni boshladi
Xarri Keyn jarohatidan so‘ng yugurish mashqlarini qayta boshladi.
«Bavariya» hujumchisi Bundesliganing 12-turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘yinning 1-taymida (1:1) sonning orqa yuzasi mushaklarini jarohatlagan. Keyn o‘yinni davom ettira olmadi.
Myunxen klubi matbuot xizmati bugun inglizning ertalabki mashg‘ulotlarda yugurish mashqlariga qaytganini ma’lum qildi.
«Bavariya»ning navbatdagi o‘yini 7 dekabr kuni «Xaydenxaym»ga qarshi o‘tkaziladi.