Flik "Barselona"ni qay holatda tark etishi mumkinligi aytildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes.com portali sahifalarida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, bu "ko‘k-anorranglilar" 2024/2025 yilgi mavsumni sovrinlarsiz yakunlashsa sodir bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli germaniyalik mutaxassis 2024 yilning yozida Kataloniya jamoasi murabbiyi lavozimini egallagan edi.
Ispaniya chempionatining 15-turidan so‘ng “Barselona” 34 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.