Mourinyo turk matbuotini tanqid qildi
Joze Mourinyo turk matbuotining unga nisbatan munosabatidan norozi.
"Fenerbaxche" turnir jadvalida peshqadam "Galatasaroy"dan 3 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Lekin mahalliy ommaviy axborot vositalari hali ham meni o‘ldirishmoqda. Menga vaqt bering.
Men uch, to‘rt, besh oy ichida mo‘’jiza yaratib, vaziyatni o‘zgartira oladigan murabbiyni bilmayman.
Natijalar so‘nggi paytlarda yaxshi bo‘lmadi, lekin sizning madaniyatingiz barqarorlikka zid. Klublar va futbolchilar rivojlanishi uchun murabbiylar shtabida ham, murabbiylik falsafasida ham barqarorlik kerak. Shunday ekan, bir nafas olib, jimgina ishlay olaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham bundan rohat olaman", - deydi “Fenerbaxche” bosh murabbiyi.