"Atalanta" MLSdan futbolchi sotib olmoqchi
"Byornli" va "Koventri" "Filadelfiya Yunion" himoyachisi Kay Vagnerni sotib olmoqchi. Shuningdek, "Atalanta" va "Parma" klublari futbolchiga alohida qiziqish bildirishgan va Amerika klubiga so‘rov yuborishgan. Vagnerning shartnomasida uni qishda 2 million yevroga sotib olish imkonini beruvchi band bor.
27 yoshli chap qanot himoyachisi 2019 yilning fevralidan beri "Filadelfiya Yunion" jamoasida o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning dekabrigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Vagner 41 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi, 11 ta golga assistentlik qildi va 10 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali nemis futbolchisini 5 million yevroga baholamoqda.