UEFA Polsha klubini Lukashenko haqidagi bannerlar uchun jarimaga tortdi
Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi Konferensiyalar ligasi doirasida Minskning "Dinamo"siga qarshi o‘yinda Polsha jamoasi muxlislarining xatti-harakatlari tufayli "Legiya"ni jarimaga tortdi.
7 noyabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tgan uchrashuv “Legiya”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Muxlislar tribunaga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni haqorat qilgan bannerlarni osib qo‘yishdi.
Polsha matbuoti xabariga ko‘ra, UEFA tartib-intizom qo‘mitasi “Legiya”ni 17,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan.