Polsha klubi "Qizil Armiya Varshavani ozod qildi" degan mazmundagi banner ustidan UYEFAga shikoyat qildi
Varshavaning "Legiya" klubi UYEFAga Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidagi o‘yinda Kiprning "Omoniya" muxlislari posteri mazmunini ko‘rib chiqish talabi bilan murojaat qildi.
Uchrashuv Nikosiyada bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishidan oldin "Omoniya" muxlislari "17.01.1945 Qizil Armiya Varshavani ozod qildi" degan yozuvli bannerni osib qo‘yishdi.
"Omoniya" muxlislarining kechagi o‘yinda Nikosiyadagi shov-shuvli xatti-harakatlari haqiqatni buzib ko‘rsatishga qaratilgan edi. Klub va Varshava va Polsha ozodligi uchun kurashda jon fido qilganlar nomidan biz o‘yindan so‘ng darhol UYEFA bilan bog‘lanib, keskin javob talab qildik", — deyiladi Varshava klubi bayonotida.