"Monako"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Togo terma jamoasi va Fransiyaning bir qator klublari, jumladan, "Monako"ning sobiq futbolchisi Serj Gakpe futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Bu uning 37 yoshida sodir bo‘ldi. Sobiq futbolchining yaqin orada nima qilishi allaqachon ma’lum.
"Faoliyatim davomida muloqot qilgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Futbol men uchun oddiy ish emas.
Mening oilam va do‘stlarimga alohida rahmat, ular doimo yonimda edi. Sizlar mening kuchimsizlar", deb yozdi sobiq futbolchi.