Dida: "Menyan dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘ladi"
Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Nelson Dida "Milan" darvozaboni Mayk Menyan haqida maqtovli fikr bildirdi.
"Menyan haqida hech qanday shubham yo‘q, chunki men uni mashq qildirganman. Ishonchim komilki, u dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylanadi. Mayk darvozada juda kuchli va Fonsekaning uslubi unga to‘pni yaxshiroq boshqarishga yordam beradi," - dedi Dida La Gazzetta dello Sport nashriga.
29 yoshli Menyan 2021 yilning iyul oyida "Lill"dan "Milan"ga o‘tgan, transfer summasi 16 million yevrodan sal ko‘proqni tashkil qilgan.