Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Nelson Dida "Milan" darvozaboni Mayk Menyan haqida maqtovli fikr bildirdi.
"Menyan haqida hech qanday shubham yo‘q, chunki men uni mashq qildirganman. Ishonchim komilki, u dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylanadi. Mayk darvozada juda kuchli va Fonsekaning uslubi unga to‘pni yaxshiroq boshqarishga yordam beradi," - dedi Dida La Gazzetta dello Sport nashriga.
29 yoshli Menyan 2021 yilning iyul oyida "Lill"dan "Milan"ga o‘tgan, transfer summasi 16 million yevrodan sal ko‘proqni tashkil qilgan.