«Napoli» himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi
«Napoli» chap qanot himoyachisi Matias Olivera klub bilan shartnomasini uzaytirishi yaqin, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Yangi kelishuv 2029 yilgacha, 2030 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan, ish haqi yiliga 2,2 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunda tugaydi.
Olivera «Xetafe»dan 16,5 million yevroga o‘tganidan keyin 2022 yilning iyulidan beri «Napoli»da o‘ynamoqda.