Bellingem hali penaltidan adashmagan
Jud Bellingem kecha «Real» - «Xetafe» uchrashuvida (2:0) penaltidan unumli foydalandi.
21 yoshli ingliz Yevropaning eng kuchli 5 chempionatida faoliyatidagi barcha 4 ta penaltini golga aylantirdi. Ulardan ikkitasi «Real» safida.
Bundan tashqari, «Los-Blankos» tarkibiga o‘tganidan beri britaniyalik futbolchi La Liga o‘yinlarida 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Faqatgina Vinisius va Levandovskida «gol+pas» bo‘yicha ko‘proq ochko bor.