Lopetegi: «Biz ikkita gol urishga haqli edik, ammo beshta gol o‘tkazib yuborishga emas»
«Vest Xem» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:5) haqida fikr bildirdi.
«Birinchi bo‘limdan hafsalam pir bo‘ldi. Biz ikkita golga loyiq edik, ammo «Arsenal» beshta golga loyiq emas edi. O‘ylaymanki, hakamlarning qarorlarida bizga omad kulib boqmadi, chunki birinchi gol qoida buzilgan holatda kiritildi. Albatta, biz himoyada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi, lekin jamoa xarakter ko‘rsatib, oxirgisigacha kurashganidan xursandman», - deya Lopetegining so‘zlarini keltiradi «BBC».