Saka - «Liverpul» bilan durang haqida: «Raqibni hurmat qilishimiz kerak»
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka «Liverpul» bilan o‘yindagi durang (2:2) haqida fikr bildirdi.
«Hafsalam pir bo‘ldi, lekin siz «Liverpul»ni hurmat qilishingiz kerak. 90 daqiqa davomida o‘z darajamizda o‘ynay olmadik degan fikr bor.
Birinchi bo‘limda biz o‘z fazilatlarimizni ko‘rsatdik, raqibga hech narsa yaratishga imkon bermadik, ammo standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. Tanaffus oldidan «Liverpul» uchun boshqa imkoniyatni eslay olmayman.
Ikkinchi bo‘limda o‘zimizni yaxshi ko‘rsatmadik. Ular ko‘proq duellarda g‘alaba qozonishdi, to‘pga ko‘proq egalik qilishdi, biz himoyalanishga majbur bo‘ldik», - deya Saka so‘zlarini keltiradi "BBC".