Beyl keyingi "Oltin to‘p"ni kim yutishini aytdi
"Real"ning sobiq yulduzi va Uels terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Garet Beyl navbatdagi "Oltin to‘p" sohibi nomini aytib, ushbu mavsum uchun o‘z bashoratlari bilan o‘rtoqlashishga qaror qildi.
Beylning 2024/25 yilgi mavsum yakunini quyidagicha ko‘ryapti:
Chempionlar ligasi g‘olibi - "Real Madrid".
Chempionlar ligasi to‘purari - Xarri Keyn.
Premyer-liga g‘olibi - "Liverpul".
Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari - Erling Xoland.
La Liga g‘olibi - "Real Madrid".
Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari - Robert Levandovski.
2025 yilgi "Oltin to‘p" sohibi – Kilian Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl "Real" va Angliyaning "Tottenxem" jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan. U ispan grandi bilan 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 5 ta Chempionlar ligasi sovrini.