Gvardiola: "Bu psixologiya bilan bog‘liqmi-yo‘qmi, bilmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Feyenoord" bilan o‘yindagi alamli (3:3) durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hisob 3:0 bo‘lganda hammasi yaxshi edi, ammo keyin bizning beqarorligimiz o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Birinchi, keyin ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Qiyin bo‘ldi.
Keyingi paytlarda ko‘p yutqazyapmiz, muammolarimiz bor, bugun esa, albatta, bizga g‘alaba kerak edi. Jamoa yaxshi darajani ko‘rsatdi, ammo nimadir noto‘g‘ri ketishi bilan bizda qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Bu psixologiya bilan bog‘liqmi-yo‘qmi, bilmayman," - dedi Gvardiola.