Shesni: "Biz "Real Madrid" an’anasini buzishga harakat qilamiz"
Voysex Shesni "Barselona"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
- "Barselona" oxirgi marta 2015 yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan edi. Oradan deyarli 10 yil o‘tdi. "Barsa"ni chempionlik uchun favoritlardan biri deb hisoblaysizmi yoki haqiqatni aytganda, hali uzoqmi?
– Yevropada bir nechta klublar borki, ular doimo kuboklarni yutish uchun intiladilar va hech qachon faqat ishtirok etish uchun o‘ynamaydilar. Bu yerga kelganimdan oldin ko‘rganlarimga ko‘ra, jamoa juda yaxshi. Juda yosh, xilma-xil fazilatlar va kelajakka umidlari katta.
Ishonchim komilki, har bir kishi kuboklarni yutib olish uchun borini beradi. Lekin bu sodir bo‘lmasa ham, "Barsa" bu yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqmasa ham, kelajagi porloq. Men iste’dodni ko‘raman, 17, 18 yoki 19 yoshli barcha yosh futbolchilar yuqori saviyadagi o‘yinchilarga o‘xshaydi.
– "Real" so‘nggi Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Ular turnir favoritlarimi?
– Bu barcha turnirlarda g‘alaba qozonish uchun o‘ynaydigan jamoalardan biri. Ishonchim komilki, "Barsa" o‘z an’analarini buzishga va sovrinlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi", - dedi "Barselona" darvozaboni.