Pike: "Yuventus"ga o‘tishim mumkin edi"
Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerard Pike "Yuventus"ga o‘tishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi.
"Manchester Yunayted"dagi so‘nggi yilimda "Barselona"ga qaytishdan oldin "Yuventus"ga borishim mumkin edi, lekin uyga qaytgach, uzil-kesil qaror qabul qildim.
Men "Manchester Yunayted"da uch yil o‘tkazdim, o‘n yetti yoshimda bu klubga kelgandim, o‘sha paytda jamoada liganing eng yaxshi markaziy himoyachilari - Vidich va Ferdinand bor edi. Biz Chempionlar ligasi va APLda g‘olib chiqdik, lekin men kam o‘ynadim," - dedi Pike.