"Real"ning sobiq futbolchisi: "Manchester Yunayted" dunyodagi eng yaxshi murabbiyga ega bo‘ldi"
"Real"ning sobiq futbolchisi Fabio Koentrau Ruben Amorimning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida gapirdi.
"Sporting" muhim figurani yo‘qotdi, lekin men Ruben uchun xursandman. Albatta, endi "Manchester Yunayted"da dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor", - deya Koentrauning so‘zlarini keltiradi Goal portali.
Fabio Koentrau 36 yoshda, biroq u bir necha yil oldin futboldan ketgan. Koentrau bir qancha klublarda, xususan, "Sporting", "Benfika" va "Real Madrid"da o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.