Ekvadorlik futbolchi yo‘l-transport hodisasida jarohat olib vafot etdi
Ekvador terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi Marko Angulo yo‘l-transport hodisasi natijasida olgan jarohatlari natijasida vafot etdi.
Baxtsiz hodisa 7 oktabr kuni Kito shahrida sodir bo‘lgan.
2022/23 yilgi mavsumda Angulo "Sinsinnati" bilan birgalikda MLS muntazam mavsumi g‘olibiga aylandi. U 2021/22 yilgi mavsumda "Independente" bilan Sudamerikana kubogini qo‘lga kiritdi.
Angulo Ekvador terma jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazdi.