Gresiya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi o‘lik holda topildi
«Panatinaikos» klubi futbolchisi Jorj Baldok vafot etdi.
31 yoshli futbolchi 9 oktyabr kuni o‘z uyidagi bassaynda o‘lik holda topilgan. O‘lim sababiga hozircha oydinlik kiritilmadi.
Baldok Gresiya terma jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta assist muallifi bo‘lgan. Futbolchi o‘tgan mavsumni APLda — «Sheffild Yunayted» klubi safida o‘tkazgandi.
Manba: bombardir.ru