Messi Argentina terma jamoasiga yetib bordi
Argentina terma jamoasining asosiy yulduzi Lionel Messi terma jamoa joylashgan joyga yetib keldi, bu haqda Chiringuito Latino jurnalistlari xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli hujumchi jarohati sabab JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi "albiseleste"ning so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborgandi.
Argentina terma jamoasi oktyabr oyida ikkita o‘yin o‘tkazishi kerak. Lionel Skaloni shogirdlari safarda Venesuela bilan uchrashadi, keyin esa o‘z maydonida Boliviyani qabul qiladi.