Tojikiston Rossiya bilan o‘ynashni rad etdi
Tojikiston terma jamoasi noyabr oyida Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortgan.
Tojikiston futbol federasiyasi rad javobini jamoaning noyabr oyidagi xalqaro tanaffusga rejalashtirilgan o‘yinlari borligi bilan izohladi.
"RFU iyun-iyul oylarida taklif bilan chiqqan edi, ammo noyabr oyiga uy o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirganmiz", dedi Tojikiston futbol federasiyasi.