2022 yilgi jahon chempioni o‘z vataniga qaytadi
"Benfika" markaziy himoyachisi Nikolas Otamendi yangi yil boshida klubini o‘zgartirishi mumkin.
36 yoshli futbolchi vataniga qaytishga yaqin - u "River Pleyt" klubiga o‘tishi kutilmoqda. Jurnalist Renso Pantichning fikricha, Argentina grandi yanvar oyidagi transfer oynasida tajribali markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Nikolas Otamendi 2020 yildan beri "Benfika"da o‘ynab kelmoqda.