Van Nistelroy Amorim haqida gapirishni istamadi
"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Rubin Amorim haqida savol oldi.
Lissabonning "Sporting" klubida faoliyat olib borayotgan portugaliyalik murabbiy tez orada "qizil iblislar"ning doimiy murabbiyi lavozimini egallaydi.
Jurnalistlar van Nistelroydan jamoaning bo‘lajak murabbiyi haqida so‘rashdi, ammo niderlandiyalik aniq javob bermadi:
"U hali rasman jamoani qabul qilib olgani yo‘q. Hali tayinlanmaganlarni muhokama qilishning hojati yo‘q," - deya mankunliklar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi so‘zlarini keltirmoqda "United Stand."
Ruben Amorim 10 noyabrdan keyin "Manchester Yunayted"da ish boshlashini taxmin qilmoqda.