Amorim "MYU" uchun ilk transfer maqsadini belgilab berdi
Noyabr oyidan boshlab "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan Ruben Amorim klub uchun dastlabki transfer maqsadini belgilab berdi.
The Sun xabariga ko‘ra, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis klubning ilk xaridi "Vulverxempton" chap qanot himoyachisi Rayan Ayt-Nuri bo‘lishini istamoqda.
23 yoshli jazoirlik futbolchining "bo‘rilar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfer "qizil iblislar"ga 40 million yevro atrofida tushadi.
Ayt-Nuri joriy mavsumda barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma berdi.