Arauxo qaysi o‘yinga tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Ronald Arauxo noyabrdagi tanaffusdan so‘ng «Berselona» safida o‘ynashi mumkin.
«Barselona» himoyachisi Urugvay terma jamoasi tarkibida Amerika kubogi chorak finalida Braziliyaga qarshi o‘yinda (penaltilar seriyasida 0:0, 4:2) o‘ng sonidan jarohat oldi.
"Marca" xabariga ko‘ra, himoyachi jarohatdan tiklanishning yakuniy bosqichiga kirmoqda. Dastlab u faqat yanvar oyining boshida qaytishi kutilgandi, ammo rejalashtirilgan muddat sezilarli darajada qisqartirildi.
Urugvaylik tez orada umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlashi kerak. Agar hammasi rejadagidek ketsa va boshqa muammo yuzaga chiqmasa, uning maydonga qaytishi 23 noyabr kuni «Selta Vigo»ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tishi mumkin.
«Barselona»ning texnik shtab-kvartirasi futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish niyatida emas. Bosh murabbiy Xansi Flik qayta tiklanish xavfini istamaydi, shuning uchun u avvalroq Ansu Fati, Frenki de Yong va Gavi bilan bo‘lgani kabi Arauxoni ham asta-sekin tarkibga qaytaradi.
Shu bilan birga, ular himoya markazida raqobatbardoshlikni oshirish va mavsum boshidan buyon deyarli barcha o‘yinlarda maydonga tushgan Pau Kubarsi va Inigo Martinesning dam olishini ta’minlash maqsadida himoyachining yaqin orada qaytishiga umid qilishmoqda.