Soriano: "Bu sovrin Rodri uchun g‘urur manbayi"
Bruno Soriano Rodri va "Oltin to‘p" haqida gapirdi.
"Vilyarreal"ning sobiq sardori hozirgi "Manchester Siti" yarim himoyachisining professional debyutiga guvoh bo‘ldi. Rodri 2014 yildan 2018 yilgacha ispan klubi tizimida o‘ynagan.
"Bu sovrin u uchun g‘urur manbayi va men bundan juda xursandman, u futbolda tarixiy e’tirofga sazovor bo‘ldi va u buni katta muhabbat bilan qadrlaydi.
Biz uning o‘sishi va evolyusiyasini diqqat bilan kuzatdik va meni hayratda qoldirgan narsa uning himoyaviy jihati edi.
Bir muncha vaqt hammamiz uni dunyoning eng yaxshi himoyaviy yarim himoyachisi deb o‘ylardik. U hujumda borgan sari erkin bo‘lib bormoqda va gollar soni unga g‘alaba qozonishiga yordam berdi", – dedi Soriano.