Slot "Brayton" transfer siyosatini maqtadi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Brayton"ning transfer siyosati haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.
"Brayton APLda o‘yinchilarni sotib olishda eng boy klub emas, biroq ular doimo kerakli futbolchilarni topa olishadi. Shu sababli bu klub o‘ziga xos hisoblanadi. Ularning transferlari narxi asta-sekin oshib bormoqda, ammo ular bitta o‘yinchiga 100 million funt sarflamaydilar. Ular har doim o‘zlariga kerak bo‘lgan futbolchilarni topishadi. Ularda ko‘plab sifatli o‘yinchilar bor va juda yaxshi o‘yin uslubiga ega," deya Slotning so‘zlarini "Liverpul" matbuot xizmati keltirmoqda.