Anchelotti: «So‘nggi yarim soatlik o‘yinni unutishimiz kerak»
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatinin 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Barsa"ga qarshi o‘yin (0:4) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Nazarimda, teng o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, imokniyatlarga ega bo‘ldik, gollar urishimiz va oldinga chiqib olishimiz mumkin edi. Ammo raqib ikkita gol urib, bizning rejamizni ishdan chiqardi. Hujum qilish maqsadida himoyada tavakkalchilik qo‘l urdik. Natijada raqibga qarshi hujumda ko‘p bo‘sh hudud taqdim etdik.
Jamoamning birinchi bo‘limdagi o‘yini menag yoqdi. Tabiiyki, hafsalamiz pir bo‘ldi. Bizni 90 daqiqa davomida qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Qilayotgan ishlarimizni qadrsizlantirish kerak emas. Bunga sabab yo‘q. Biz 60 daqiqa davomida yaxshi o‘ynadik. Shuning uchun keyingi yarim soatni unutishimiz kerak.
Kiilan Mbappe gol urish uchun 3-4 ta vaziyatga ega bo‘ldi. So‘nggi zarbada aniqroq harakat qilishi zarur edi», – dedi «Real» ustozi.