Alba: "Men uchun Messi har doim nomzodlar orasida bo‘lishi kerak"
"Inter Mayami"ning chap qanot himoyachisi Jordi Alba Lionel Messining "Oltin to‘p"ga da’vogarlar qatoriga kirmasligini adolatsizlik deb hisoblaydi.
Argentinalik futbolchi o‘tgan yili sakkizinchi marta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu safar u nomzodlarning kuchli o‘ttiztaligi orasida ham yo‘q edi.
"Men uchun Messi har doim nomzodlar orasida bo‘lishi kerak. "Inter Mayami"ga qo‘shilganidan keyin unga nisbatan jiddiy qaralmagan bo‘lishi mumkin, ammo u baribir o‘zgarishlarni amalga oshiradi.
Men uchun u dunyodagi eng zo‘r futbolchi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Leo o‘z jamoasiga qiymat berishda davom etmoqda va u har doim o‘zining eng zo‘r ekanligini isbotlaydi.
Ammo mukofot hali unga ega bo‘lmagan kishiga berilishi yaxshi", - deya Albaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Inter Miami Hub.