Alba: «Messi har doim «Oltin to‘p»ga da’vogar bo‘lishi kerak»
«Inter Mayami» himoyachisi Jordi Alba jamoadoshi Leo Messi «Oltin to‘p»ga nomzodlar ro‘yxatida doimo bo‘lishi kerakligini aytdi.
«Men hech qachon «Oltin to‘p»ga unchalik e’tibor bermaganman. Menimcha, Leo har doim da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerak. U MLSga o‘tgani uchun munosib baholanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin Leo hamon o‘yin taqdirini hal qilayotgan futbolchi bo‘lib turibdi.
Men uchun u shubhasiz dunyodagi eng yaxshisi. Argentina terma jamoasida ham u eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqda. Men uchun u har doim eng yaxshi bo‘lib qoladi. Men mukofotni boshqa o‘yinchiga berish qarorini hurmat qilaman, ammo bu mening fikrim», - deya ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi Marca.
Manba: isport.ua