Peres, Anchelotti va ko‘plab "Real Madrid" futbolchilari Parijga boradi
"Real Madrid" "Oltin to‘p" Vinisius Juniorga nasib etishiga ishonmoqda.
Mukofot dushanba kuni topshiriladi. Aynan braziliyalik asosiy da’vogar sanaladi va "qirollik klubi" allaqachon sovrinni topshirish vaqtini kutmoqda. Jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, jamoa o‘yinchilaridan hech biri marosimni o‘tkazib yuborishni istamayapti, shuningdek, "Los-Blankos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub prezidenti Florentino Peres ham Parijga boradi. Jarohatlangan Daniel Karvaxal ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo u hali shifokorlardan ruxsat olmagan.
"Real"da hamma Vinisiusni qo‘llab-quvvatlashni va uning shaxsan mukofotni olishini ko‘rishni istaydi, garchi hujumchining g‘alabasi hali ishonchli tasdiqlanmagan bo‘lsa ham.