Levandovski "Bavariya"ga qarshi o‘yindan oldin ham galabani sezgan
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoasining "Bavariya" ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirdi.
Uchrashuv "ko‘k-anorranglilar"ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Polyak bitta gol evaziga sobiq jamoasini xafa qildi, Rafinya esa xet-trik qayd etdi.
"Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. O‘yin oldidan men 3:1 hisobini bizning foydamizga taxmin qilgandim", - deya 2014 yildan 2022 yilgacha Myunxenda o‘ynagan 36 yoshli forvardning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Managing Barca.