O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Paragvayga qarshi oq libosda maydonga tushadi
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi futzal milliy jamoamiz ertaga, 17-sentyabr kuni Paragvayga qarshi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi.
Mazkur bahsda futzalchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa sariq libosda harakat qiladi.
Uchrashuv 17-sentyabr kuni soat 20:00da «Humo Arena»da start oladi.
Manba: ufa.uz