Futzal. O‘zbekistonning guruhdagi yana bir raqibi Kosta-Rika terma jamoasi Toshkentga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 10 sentyabr kuni Kosta-Rika milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Kosta-Rika milliy terma jamoasi delegasiyani kutib oldi hamda odatga ko‘ra mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Kosta-Rika «A» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, 3-turda O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20 sentyabr kuni, soat 20:00 da «Humo Arena»da start oladi.