Keyta: "Liverpul"dan ketishimdan oldin klub menga yangi shartnoma taklif qilgandi"
Yarim himoyachi Nabi Keyta 2023 yilning yozida jamoani tark etishi arafasida "Liverpul" taklif qilgan yangi shartnomani rad etganini aytdi.
"Menda "Liverpul"da qolishimni uzaytirish imkoniyati bor edi, ammo u yerda besh yildan keyin boshqa joyda ko‘proq o‘ynashni xohladim.
Menda bir nechta takliflar bor edi, ammo men Bremenga borishga qaror qildim, chunki Germaniya men allaqachon bilgan mamlakat bo‘lib, murabbiy va "Verder" rahbariyatining so‘zlaridan ishonchim komil edi.
Men shunchaki futbol o‘ynashni, maydonga chiqishni, paslar berishni va gol urishni xohlaganimda, men Bremenga emas, balki boshqa joyga ketgan bo‘lardim. Afsuski, hammasi rejadagidek bo‘lmadi" - dedi Keyta The Guardian nashriga.