«Tottenxem» ustozi klub muxlislarini xursand qiladigan xabar aytdi
Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Anjelos Postekoglu hujumchilar Risharlison va Son Xyon Min safga qaytganini ma’lum qildi.
«Xa, ularning ikkalasi ham o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Ular navbatdagi o‘yinda maydonga tushishi mumkin», - dedi avstraliyalik mutaxassis.
«Tottenxem» ertaga APL doirasida «Vest Xem»ni qabul qiladi.