So‘nggi 30 yillikning ramziy jamoasi tuzildi: Messi asosiy tarkibda, Ronaldu zaxirada qoldi
Britaniyaning "FourFourTwo" nashri so‘nggi 30 yillikda jahoning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzib chiqdi.
Jurnal o‘z ekspertlaridan so‘nggi 30 yillikning ramziy jamoasini tuzib chiqishni so‘radi. Bunda hisob 1994 yildan boshlab inobatga olindi. Har bir ekspert 11 nafar asosiy tarkib va 3 nafar zaxira futbolchisi nomini aytdi.
Asosiy tarkib futbolchilar 1 ball, zaxiradagilarga esa yarim ball berildi. O‘z pozisiyasi bo‘yicha eng ko‘p ochko to‘plagan o‘yinchilar ramziy jamoaga kiritildi.
Lionel Messi va Ronaldo hujum chizig‘idan o‘rin egallagan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu zaxira futbolchisi sifatida qayd etildi.
Darvozabon: Manuel Noyer;
Himoyachilar: Filipp Lam, Serxio Ramos, Karles Puyol, Paolo Maldini;
Yarim himoyachilar: Devid Bekxem, Zayniddin Zidan, Andres Inyesta, Ronaldinyo;
Hujumchilar: Lionel Messi, Ronaldo.
Zaxiradagilar: Andrea Pirlo, Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldu.