JCH-2026 saralash. O‘zbekiston BAAni mag‘lubiyatga uchratdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichida BAAni mag‘lub etdi. 15 oktyabr kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 66-daqiqada mehmonlar vakili Abdulla Hamad qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.
70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Bobur Abduxoliqov penalti ishladi. Uni Otabek Shukurov golga aylantirdi — 1:0.
Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘z uyida BAA ustidan g‘alabaga erishdi.
To‘rt tur natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston A guruhida 10 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinda Eron bormoqda (15 oktyabr kuni Qatar bilan o‘ynaydi).
Futbolchilar 5-turda 14 noyabr kuni Qatarga safar qiladi.