Futzal. O‘zbekiston uchun JCH yakunlandi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bahslarining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston Kosta Rika jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Kosta Rika jamoasi futbolchisi Edvin Kobilyo hisobni ochdi. 14-daqiqada Mashrab Odilov O‘zbekistonning birinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi taym so‘ngida mezbonlar ikkinchi golni o‘tkazib yubordi. Birinchi bo‘lim 1:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida jamoa sardori Ilhomjon Hamroyev hisobni tenglashtirdi. 3 daqiqa o‘tib mezbonlar futbolchisi Samariddin Berkinov O‘zbekiston termasini oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Ixtiyor Ropiyev ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Mehmonlar futbolchisi Diyego Chavarria o‘sha zahoti hisobni tenglashtirdi. Minor Kabalseta bir daqiqadan so‘ng Kosta Rikani oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Xeyan Salas hisobni 5:3 ga yetkazdi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Shu tariqa O‘zbekiston jamoasi bir ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritdi va o‘z uyida bo‘lib o‘tayotgan musobaqa bilan xayrlashdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Niderlandiya Paragvay ustidan (5:2) g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.