"Milan" Reshford yoki Uokerdan birini tanlashi kerak
Italiyaning "Milan" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford va "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker bilan bir vaqtning o‘zida shartnoma imzolay olmaydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "Milan" Yevropa Ittifoqi qoidalari tufayli faqat bitta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza oladi, bu esa klubning qaydnomasida Ittifoq fuqarosi bo‘lmagan futbolchilar soniga cheklov o‘rnatadi. Reshford ham, Uoker ham Angliya fuqaroligiga ega, bu esa Italiya klubi bir vaqtning o‘zida ikki futbolchini qishki transfer oynasida qo‘lga kirita olmasligini anglatadi.
Avvalroq "Milan" o‘z jamoalarini tark etish istagini bildirgan Markus Reshford va Kayl Uoker transferini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.