Anri Kurtuani terma jamoaga qaytarishi mumkin
Tyerri Anri Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolyeri yozganidek, "Arsenal"ning sobiq hujumchisining nomzodi Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasida tobora asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Faxriylar va jamoa rahbarlarining fikricha, Anri Belgiya terma jamoasiga juda mos keladi.
Qayd etilishicha, Anrining tayinlanishi Tibo Kurtuaning terma jamoaga qaytishini ham osonlashtirishi va Kevin De Bryuynening 2026 yilgi jahon chempionatigacha jamoada qolishini kafolatlashi mumkin.
Fransiyalik futbolchi allaqachon Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy Roberto Martinesning yordamchisi sifatida ishlagan, biroq Yevro-2020 chorak finalida mag‘lub bo‘lganidan keyin jamoani tark etgandi.
Belgiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko hisoblanadi.