Fernandesh "MYU" to‘purarlar tarixida Bekxemni ortda qoldirdi
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Devid Bekxemni ortda qoldirdi.
Yakshanba kuni portugaliyalik yarim himoyachi Angliya kubogining 3-turi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) hisobni ochdi va mankunianliklar safidagi faoliyatidagi 86-golini kiritdi.
Bu bilan Brunu klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 21-o‘ringa ko‘tarilib, 85 ta gol urgan Bekxemni ortda qoldirdi.
Antoni Marsyal 90 ta gol bilan 20-o‘rinda. "Manchester Yunayted"ning rekordchisi Ueyn Runi (253).