Noyer: "Tez orada yangi shartnoma imzolayman"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.
Myunxenliklar va 38 yoshli futbolchi o‘rtasidagi kelishuv haqidagi ma’lumotlar hafta boshida paydo bo‘lgandi.
Shanba kuni klub sardori uning kelajagi haqida so‘ralganda ma’lumotni tasdiqladi.
“Yangi shartnoma qachon imzolanadi? "Tez orada", - dedi Noyer.