"Bavariya" Noyerning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Manuel Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Kicker nashrining xabar berishicha, darvozabon 2026 yilgacha yangi shartnoma imzolaydi. Bu yil oxirigacha rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar faqat mayda tafsilotlarni kelishib olishlari kerak.
Noyer 2011/12 yilgi mavsumdan beri "Bavariya"da o‘ynamoqda. Joriy Bundesligada 38 yoshli darvozabon 11 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.