Konseysauning durangli debyuti "Milan" uchun birinchisi emas
Serxio Konseysau "Milan" boshqaruvida debyut qildi, ammo uning jamoasi "Kalyari"ni mag‘lub eta olmadi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik mutaxassis 21-asrda durang bilan debyut qilgan milanliklarning to‘rtinchi murabbiyi bo‘ldi.
Bu birinchi marta 2001/2002 yilgi mavsumda Karlo Anchelotti bilan sodir bo‘lgan - "Pyachensa" bilan 0:0.
Keyin Jennaro Gattuzo 2017/2018 yilgi mavsumda - "Benevento" bilan 2:2 o‘ynagandi. Nihoyat, oradan ikki yil o‘tib Stefano Pioli ham "Lechche"ga qarshi bahsda debyut qilgan - 2:2.