Fransuz klubi ingliz futbolchisiga xaridor emas
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Fransiyaning "Monako" klubining transfer maqsadi emas.
Bu haqda jurnalist Sebastyan Denis xabar berdi.
Avvalroq, monakoliklar 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Biroq, Denisning so‘zlariga ko‘ra, fransuz klubi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kirmagan Reshfordga qiziqish bildirmayapti.
Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.