"Kuchli beshlik"dagi ikki misrlik futbolchini eplab bo‘lmayapti
Umar Marmush Bundesliga to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rindagi Xarri Keynga yetib oldi.
"Ayntraxt" hujumchisi 16-turda "Sankt-Pauli"ga (1:0) qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi.
25 yoshli misrlik futbolchining joriy chempionatda urgan gollari soni 14taga yetdi - bu "Bavariya" a’zosi Keyn bilan bir xil.
Shu bilan birga, Marmush sheriklariga 7 marta golli uzatma berdi. Uning hisobida jami 21 ta gol+pas bor – Yevropaning beshta yetakchi ligalarida faqat "Liverpul" vingeri Muhammad Salohda ko‘proq (18 gol va 13 golli uzatma).
Avvalroq, "Manchester Siti" yaqin vaqt ichida "Ayntraxt" futbolchisini sotib olmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi. Frankfurtliklar 80 million yevro talab qilmoqda.