Sobiq futbolchi: "Vinisius o‘zini tuta olmaydi"
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sergey Balaxnin "Real" hujumchisi Vinisius Juniorga futbol maydonidagi tajovuzkor xatti-harakatlari xalaqit bermoqda, degan fikrini bildirdi.
"Ehtimol, Vinisius bu xatti-harakatlarni biror narsaga erisha olmasa, qilishni boshlar. U darhol asabiylasha boshlaydi va o‘zini tuta olmaydi.
Qanday bo‘lmasin, bu muammo keltirib chiqaradi. Bu har qanday odam uchun muammo, ajoyib futbolchi bo‘lsangizu, lekin o‘zingizni nazorat qila olmasangiz, maqsaddan chalg‘iysiz", – dedi Balaxnin.